
Ruslan Abdullaevdan ham finalda g‘alaba. Bokschimiz 200 ming dollarga ega chiqdi. Beshinchi oltin!
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga etmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkaziladi.
-63.5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev mo‘g‘ulistonlik Baatarsux Chinzorigga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Ilk raund Ruslan Abdullaevning foydasiga - 4:1.
Ikkinchi raundda ham bokschimizning qo‘li baland keldi - 3:2.
Uchinchi raundda Ruslanning ustunligi qayd etildi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 hamyurtimiz foydasiga.
Shu tariqa, Ruslan Abdullaev O‘zbekiston terma jamoasiga beshinchi oltin medalni olib keldi va 200 ming dollar pul mukofoniga ega chiqdi.
Fikrlar