Asosiy mazmunga oʻtish

Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev jahon chempionatida qaysi kuni ishtirok etadi?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

2-11 oktyabr kunlari Fyorde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.

Xabaringiz bor, 2-11 oktyabr kunlari Norvegiyaning Fyorde shahrida o‘tkaziladigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi safida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘raev ishtirok etishadi. Har ikki sportchimiz bo‘lajak musobaqada -110 kg vazn toifasida supaga chiqishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, atletlarimizning ishtiroki 10 oktyabr sanasiga belgilangan. Bellashuvlarning boshlanishi esa Toshkent vaqti bilan 22:30 ga to‘g‘ri keladi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q