Ryudiger: "Barsa"dan qiziqish bo‘lgan edi. Ammo..."

"Real" futbolchisi sifatida tanishtirilgan "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Antonio Ryudiger "Barselona"dan qiziqish bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, u Mbappening PSJda qolganiga ham munosabat bildirdi.

"Ha, "Barselona"dan qiziqish bo‘lgani rost. Ular menga qo‘ng‘iroq ham qilishgandi. Ammo akamga "Real"ga o‘tishni istayotganimni aytdim. 

Mbappe haqida biror narsa demagan bo‘lardim. Bu uning shaxsiy ishi. 

Zamonaviy futbolda tezlik muhim ahamiyatga ega. Ko‘p hujumchilar aynan shunday xususiyati bilan ajralib turadi. Men ularni o‘z usuli bilan to‘xtatib qolishga harakat qilaman. Asosiy ustunligim shunda bo‘lsa kerak", - dedi germaniyalik himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!