Ryudiger boshqa “Real”dan superklubga o‘tishi kutilyapti
“Real” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan germaniyalik tajribali himoyachi Antoni Ryudiger faoliyatini Italiya ning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.
Ryudiger uchun A Seriya begona emas. Markaziy himoyachi 2015-2016 yillari Italiya chempionatida “Roma” sharafini himoya qilgan.
Aslida professional faoliyatini “Shtutgart”da boshlagan yulduz keyinchalik Rim klubidan 2017 yili “Chelsi”ga transfer qilingan va besh yillik shartnomasi yakunlangunicha London klubi sharafini himoya qilgan.
Shundan so‘ng “Real”ga erkin agent maqomida kelgan Ryudiger yozda yana yangi jamoa tanlashiga to‘g‘ri keladi. 32 yoshli futbolchiga Angliya Premyer-ligasi va Saudiya Arabistoni klublaridan ham chorlovlar bo‘layotgani haqida ma’lumotlar bor.
Joriy mavsumda madridliklar safida 11 ta o‘yin o‘tkazgan tajribali himoyachi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 12 million yevro deb baholandi.
Fikrlar