Ryudiger tez kunlarda "Chelsi"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Rimning “Roma” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishga tayyor.
Xabarlarga qaraganda “bo‘rilar” 24 yoshli futbolchisi uchun “aristokratlar”dan jami 38 mln evro (shundan 5 millioni bonus hisobida) oladi. Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra ayni damda Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasi a’zosi yangi haftada “Chelsi”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Antonio Ryudiger bugun terma jamoasi bilan KK-2017 musobaqasining final bahsida Chili termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi.

Fikrlar