Sabina Sharipova juftliklar o‘rtasida chorak finalga yo‘l oldi

  • 24 aprel, 2019, 17:19
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Xitoyning Annin shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Kunming Open" turnirining yakkalik bahslarida omadsizlikka uchragan Sabina Sharipova juftlik bahslarida chorak finalga chiqdi.
 
Sabina juftlik bahslarida ruminiyalik Aleksandra Kadantsu bilan birgalikda 1/8 final bosqichida Gonkonglik Kvan Yau Ng va xitoylik Jen Saysayni 6:4, 5:7, 10:3 hisobida taslim qildi.
 
Shu tariqa Sabina va Aleksandra chorak finalda mezbonlar vakili  Duan In’in hamda Xan Sin Yun tandemiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!