
Saidjamshid Jafarov professional boksda debyut jangini o‘tkazadi
30 noyabr kuni "RCC Boxing Promotions" kompaniyasi Rossiyaning Ekaterinburg shahrida katta boks oqshomini tashkil qiladi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz, boks bo‘yicha Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori Saidjamshid Jafarov ham ishtirok etib, professional boksda o‘zining debyut jangini o‘tkazadi. Unga Rossiya vakili Gor Oganesyan raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Oganesyan professional faoliyati davomida 1ta g‘alaba, 1ta durang va 1ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar