
Saidumarxon Saidnurullaev: Eron bilan o‘yindan keyin chorak final haqida o‘ylaymiz
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Saidumarxon Saidnurullaev Eronga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ertaga bizni yaxshi o‘yin kutib turibdi. Birinchi vazifa — guruhdan chiqdik, lekin 3-turda ham g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan guruhdan chiqishni maqsad qilganmiz. Ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Murabbiylarimiz bilan raqibni o‘rganib chiqdik, Eron bilan har doim o‘yinda raqobat bo‘lgan. Ikkala jamoa ham chorak finalgan chiqqan bo‘lsa ham, menimcha, bu ahamiyatsiz. Chunki ular ham biz ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Yaxshi raqib, lekin bizda ham o‘zimizning rejamiz bor.
Hozir bor e’tiborimiz Eron bilan o‘yinga qaratilgan. Eron bilan o‘yindan keyin chorak final haqida o‘ylaymiz. O‘zini oldiga maqsad qo‘ygan jamoa uchun kim raqib bo‘lishining ahamiyati yo‘q, biz o‘z ishimizni qilamiz va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi
Fikrlar