
Saka Angliya terma jamoasi lagerini tark etdi
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka Angliyaning ushbu FIFA kunlaridagi o‘yinlarida ishtirok etish uchun terma jamoa qaydnomasiga kiritilgandi. Endi esa u klub bazasiga qaytib ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi jarohat olgan. Bu jiddiy bo‘lmasligi mumkin, lekin ehtiyot chorasi sifatida uning holati tekshiriladi. Shundan keyin yakuniy xulosa chiqariladi. Hozircha Sakaning Braziliya va Belgiyaga qarshi bahslarda maydonga tusha olmasligi aniq.
Nafaqat "uch sherlar"ni, balki "Arsenal"ni ham oldinda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Jamoa APLning keyingi turida "Manchester Siti" maydoniga safar uyushtiradi. Shuningdek, Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Bavariya" bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar ham bor.
Fikrlar