Sakkiz futbolchi terma jamoani tark etdi
Angliya terma jamoasining sakkiz nafar futbolchisi, jumladan, Anglmya Premer-ligasi peshqadami “Arsenal” vakillaridan Deklan Rays va Bukayo Saka oʻquv-mashgʻulot yigʻinini tark etdi.
Ushbu xalqaro tanaffusda angliyaliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel 35 nafar futbolchini chaqirgan boʻlib, ulardan 11 nafariga Urugvayga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuborib, faqat Yaponiya qarshi bahsga kelishiga ruxsat bergan edi.
Aynan Rays va Saka shu 11 nafar orasida edi, biroq shanba kuni terma jamoa tibbiy shtabi koʻrigidan oʻtgandan soʻng, ikkala ham oʻz klublariga qaytdi.
Shuningdek, Tuxel Aaron Ramsdeyl, Fikayo Tomori, Adam Uorton va Dominik Kalvert-Levinni ham uyiga joʻnatdi.
Bu roʻyxatni yana ikki oʻyinchi toʻldirmoqda: Urugvayga qarshi oʻyinda tizzasini jarohatlagan Noni Madueke va oʻtgan juma kuni “Uembli”dagi oʻyin oldidan mashgʻulotda jarohat olgan Jon Stounz (usha oʻyin 1:1 hisobida yakunlangan) ham ortga qaytgan.
Shu tariqa, Daily Mail maʼlumotiga koʻra, seshanba kuni Yaponiya qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Tuxel ixtiyorida 27 nafar futbolchi qoldi.

Fikrlar