Saloh APL chempionligi uchun imkoniyati yuqori bo‘lgan klub nomini aytdi
"Liverpul" yulduzi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining yangi mavsumida qaysi klub favorit ekanligi haqida fikr bildirdi.
- "Arsenal" - APL favoriti. Bu o‘yinchilar uzoq vaqt davomida birga o‘ynashadi. "Liverpul" va "Manchester Siti" tarkibida ko‘proq o‘zgarishlar bo‘ldi, bizga qiyinroq bo‘ladi. Shuning uchun bu mavsumda "kanonirlar"ning imkoniyatlari yuqori, - deya misrlik hujumchining so‘zlarini keltiradi "Sky Sports".
"Arsenal" Angliya chempionatining yangi mavsumini ikkita g‘alaba bilan boshladi. Mikel Arteta shogirdlari 6 ochko jamg‘arib, Premer-liga turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar