
Saloh Teddi Sheringemning tarixiy rekordini takrorladi
"Liverpul" forvardi Muhammad Saloh bugun APLning yangi mavsum ilk turida "Lids" darvozasini ishg‘ol qildi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, misrlik to‘purar qatorasiga to‘rtinchi mavsum ham premer-liganing ilk turida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ymoqda. Bungacha ushbu natijani "Tottenxem" afsonasi Teddi Sheringem 1992/93, 1993/94, 1994/95 va 1995/96 yilgi mavsumlarda gol urib qayd etgan edi.
Bundan tashqari, Saloh “Liverpul”ning 63 ta uy uchrashuvida raqiblari darvozasiga 51 ta gol urdi. Bu borada u faqatgina afsonaviy Alan Shirerdan (47 ta o‘yin, 50 ta gol) ortda qoldi xolos.
Fikrlar