
Saloh va Manening 4 daqiqa ichida kiritgan gollari "Liverpul"ga "RB Leyptsig" ustidan g‘alaba keltirdi (video)
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi.
“Enfild”dagi o‘yin taqdirini Muhammad Saloh (70') va Sadio Mane (74') tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. Shu tariqa “Liverpul” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar