
Saloh xayrli ish qildi (Foto)
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh xayrli ishga qo‘l urdi.
27 yoshli futbolchi qo‘lqop va antiseptikdan foydalangan holda, avtomobiliga yoqilg‘i quyish uchun benzin stantsiyasiga barcha tashrif buyurganlarning to‘lovini o‘z hisobidan amalga oshirib berdi.
Uning bu harakatlariga himoyachi Deyan Lovren hazilona javob berdi.
"Saloh yoqilg‘i quyish uchun kelganlarning to‘lovlarini o‘z hisobidan amalga oshirib berganligini eshitdim. Bu ajoyib ish! Ammo, sen bir marta bo‘lsa ham qahva sotib olsam to‘lov qila olasanmi? Men hayron qoldim, nima bo‘lganda ham senga gap yo‘q."
Fikrlar