Saloҳni o‘rnini qimmatbaho to‘purar egalaydi
Angliya Premier-ligasining amaldagi g'olibi “Liverpul” jamoa yetakchisi Muhammad Saloh bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko'rmoqda va kelasi mavsum oldidan misrlik o'yinchining o'rnini bosa oladigan nomzod topib qo'ydi.
Angliya matbuotining yozishicha, mersisaydliklar “Nyukasl” hujumchisi Entoni Gordonni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgiladi.
Manbalarga ko'ra, “Liverpul” rahbariyati angliyalik to'purar transferi uchun 80 million funtdan ortiq (taxminan 91,47 million yevro) mablag' yo'naltirishni rejalashtirgan.
Entoni Gordon uchun joriy mavsum samarali o'tmoqda. Hujumchi hozirga qadar barcha turnirlarda 37 o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 5 ta samarali pas berdi.
Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga teng. Biroq “Nyukasl” mutasaddilari “Liverpul”dan tashqari yana bir necha yirik klublar nishonida turgan o'yinchi transferidan imkon qadar ko'proq pul ishlab olmoqchi.
Fikrlar