Asosiy mazmunga oʻtish

Salohning AQShga yo‘li to‘sildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga qaysi mamlakatga borishni tavsiya qilishdi

Misr milliy terma jamoasi direktori Ibrohim Hassan jamoaning asosiy yulduzi Muhammad Salohning “Liverpul”dan ketganidan keyin MLSga o‘tishiga qarshi ekanini bildirdi.

Hassan fikricha, misrlik futbolchi hali Evropada yuqori darajada o‘ynashni davom ettirishga qodir.

- Salohning MLSga o‘tishi haqida nima deyishim mumkin? Muhammad jamoatchilik e’tiboridan juda uzoqda qolib ketadi, - dedi Ibrohim Hassan On Sports nashriga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Saloh Evropadan taklif olmasa, Saudiya Arabistonida o‘ynashi yaxshi variant bo‘ladi, chunki u yerda Krishtianu Ronalduni kabi ko‘plab mashhur futbolchilar to‘p surmoqda.

Muhammad Saloh “Liverpul”da 2017 yildan beri, jami to‘qqiz yil o‘ynagan va APL chempionligi hamda UEFA Chempionlar ligasi kabi muhim musobaqalar sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q