
Samarqandda kurash bo‘yicha "Navro‘z" bayramiga bag‘ishlab musobaqa tashkil etildi
Samarqandda "Navro‘z" bayramiga bag‘ishlab o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Tashkilotchilar bosh sovringa "Neksiya-3" mashinasini qo‘yishgan edi.
Mazkur musobaqada o‘zbek va dzyudo kurashi bo‘yicha yurtimizning taniq polvonlari bahs olib borishdi. Mutlaq vazn toifasida kechgan bellashuvda taniqli yosh polvonimiz Muhammadkarim Xurramov g‘alaba qozondi. Xurramov dzyudo sporti bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi va yaqinda nihoyasiga etgan Marokash Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar