
Sambo. Indoneziyadagi Jahon chempionatining ikkinchi kunida 4 ta medal!
Indoneziyada o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sambo bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kecha musobaqaning ilk kunida 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishgandi. Bugun JChning ikkinchi kuni doirasida vakillarimiz 4 ta medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. Sambochilarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Sovrindorlarimiz ro‘yxati:
Oltin:
-64 kg: Ozodbek Ataev (yoshlar)
Kumush:
79- kg: Bilolbek Abdugapparov (o‘smirlar)
Bronza:
-65 kg: Mashhura Ganieva (yoshlar)
-88 kg: Sanjar Oblakulov (yoshlar).
Bellashuvlar ertaga ham davom ettiriladi.
Fikrlar