
Sambo Xalqaro OLimpiya qumitasi tomonidan rasman tan olindi
Xalqaro sambo federatsiyasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda tan olindi. Bugun Yaponiyada o‘tkazilgan XOQ sessiyasida bu qaror rasman e’lon qilindi.
Bu haqida Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestakov shunday deydi:
"Bugun sambo oilasi uchun haqiqiy bayram. Uch yil oldin FIAS XOQ tomonidan vaqtinchalik tan olingandi. Bu vaqt oralig‘ida biz butun jahon uchun bundanda yaxshirog‘iga loyiq ekanligimizni isbotladik. Ushbu davr dunyodagi og‘ir vaziyatga - Covid-19 pandemiyasiga to‘g‘ri keldi hamda hayotimizning barcha sohalariga, shu jumladan sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ammo biz inqiroz sharoitida ishlashni, ko‘plab cheklovlarga moslashishni, g‘ayrioddiy sharoitlarda xalqaro turnirlarni o‘tkazishni o‘rgandik. Dastlab, ushbu vazifa imkonsiz bo‘lib tuyuldi, shunga qaramay, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan biz bunga erishdik. Bu, asosan, milliy va qit’a sambo federatsiyalarining yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi va albatta, bizning bosh hamkorlarimiz - "Rosneft"ning ko‘magi tufayli amalga oshdi.
Endilikda yanada ko‘proq davlatlar bizning sportimizga o‘z eshiklarni ochmoqdalar, Sambo musobaqalarini dunyoning 68 mamlakati telekompaniyalari, shu jumladan sport translyatsiyasining bayroqdori - "Eurosport" telekanali translyatsiya qilmoqda. Samboning taniqli vakillari nomlari esa butun dunyoga ma’lum.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan bizning ishimizni qadrlagani va sportimizga ko‘rsatayotgan e’tibori uchun minnatdormiz. Bugun biz azaliy orzuimiz - samboni Olimpiya o‘yinlari dasturiga qo‘shish yo‘lida yana bir katta qadam tashladik. Ushbu tarixiy voqea bilan butun dunyodagi sambochilarni tabriklayman!", - dedi Shestakov.
Fikrlar