
Sambochilarimiz Butunjahon o‘yinlarini muvaffaqiyatli yakunlashdi
Chendu shahrida Butunjahon o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning sambo bellashuvlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Vatanimiz sambochilari musobaqa yakuniga ko‘ra, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Jamoaviy bahslarda qizlarimiz oltin, yigitlarimiz bronza medal qo‘lga kiritganliklari, ahamiyatga molik natijadir.
Delegatsiyamiz hisobiga medal qo‘shib qo‘ygan sportchilarimiz:
Oltin:
-54 kg: Gulsevar O‘roqova
-59 kg: Shahzoda Azatova
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi (jamoaviy)
Kumush:
-65 kg: Feruza Boboqulova
-80 kg: Mavluda Abdullaeva
Bronza:
-72 kg: Madina Salohiddinova
-79 kg: Sharif Kushaev.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi (jamoaviy).
Fikrlar