
Sambochilarimiz Jahon kubogini muvaffaqiyatli boshlashdi
Bugun Moskva shahridagi muhtasham "Lujniki" Olimpiya kompleksida sambo bo‘yicha jahon kubogi start oldi. Musobaqaning birinchi kun bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi, deya xabar bermoqda MOQ.
Sportchilarimiz ushbu kun doirasida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Zafar Allaberganov (-68 kg, jangovor sambo) hamda Sirojiddin Anorqulov (-57 kg, jangovor sambo) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lishgan bo‘lsa, Bekzod Nurmatovga (-82 kg, jangovor sambo) hal qiluvchi bellashuvda omad etishmadi. Shuningdek, Ulug‘bek Rahmonov (-82 kg), Zuhraxon Ma’murjonova (-52 kg) hamda Timur Xudoyqulov (-68 kg) o‘z vaznlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Shu tariqa sambochilarimiz birinchi kunni 6 ta medal bilan yakunladilar. Ertaga musobaqaning ikkinchi kun doirasida yana bir nechta umidli sportchilarimiz ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar