Samvel Babayan: "Nasaf" haqiqiy kubok jamoasiga aylandi

  • 30 oktabr, 2022, 20:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" o‘yini yakuniga etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda esa nominal mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Qarshi klubi safida gollarga Akmal Mozgovoy va Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Namanganliklarning goli Doniyor Abdumannopov nomiga qayd etildi: 

Bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "lochinlar" ustozi Samvel Babayanning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Birinchi navbatda raqibni O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgani bilan tabriklayman. "Nasaf" haqiqiy Kubok jamoasiga aylandi. Ketma-ket ikkinchi yil ular turnirda g‘olib chiqdi. Muxlislarga bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun rahmat aytaman. Yigitlar ham bor kuchi bilan harakat qildi. Afsuski, natija biz kutgandek bo‘lmadi. Nima qoldi? Superligada 3 ta o‘yin. Bu uchrashuvlarda kontsentratsiyani yo‘qotmagan holda, tayyorgarlik ko‘ramiz. 

"Navbahor" birinchi bo‘limda atigi bitta zarba yo‘lladi. Shu zarba ham noaniq ketdi. Jamoa bugun ikkinchi planda o‘ynashni reja qilganmidi? 

- Ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynash rejamiz yo‘q edi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, raqibga bosim uyushtirdik. Afsuski, maydon markazida biroz kamchiliklar bo‘ldi, ikkinchi taymda esa yigitlar boshqacha harakat qildi. Bu haqiqiy pozitsion bahs bo‘ldi va biz ikkinchi bo‘limda maydon markazida hukmronlikni o‘z qo‘limizga oldik. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!