Asosiy mazmunga oʻtish

Samvel Babayan "Neftchi"ga yutqazmagan!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Bugun "olovli" derbi bor!

Bugun Superliganing 3-turi ham start oladi va 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Turni vodiy derbisi ochib beradi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi "Neftchi" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Samvel Babayan murabbiylik faoliyati davomida "Neftchi"ga yengilmagan. Mutaxassis bunga qadar "yo‘lbarslar" bilan 9 o‘yinda to‘qnash kelgan va 6 g‘alabani qo‘lga kiritgan va 3 bellashuv durang bilan yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Andijon" bahsi bugun soat 19:00da "Istiqlol" stadionida start oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q