
San-Marino 2014 yildan buyon ilk bor mag‘lub bo‘lmadi
San-Marino terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi doirasida safarda Lixtenshteynga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
UEFA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, San-Marino so‘nggi 6 yil ichida ilk bor mag‘lub bo‘lmadi. Ular so‘nggi bor 2014 yil 15 noyabr kuni "Evro-2016" saralashi doirasida Estoniyaga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang qayd etgan edi.
Shundan buyon, San-Marino jami 40 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z darvozasidan 173 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar