
Sanchec oldida bir necha takliflar bor
Aleksis Sanchecning "Inter" bilan shartnomasi yakunlandi. Eronlik Mehdi Taremini o‘z safiga qo‘shib olgan "nerazzurilar" tajribali hujumchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, Chili terma jamoasi to‘purari joriy mavsum avvalida Italiya jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzolagandi.
35 yoshli hujumchi oldida turli qit’alardan takliflar bor: "River Pleyt" (Argentina), "Trabzonspor" (Turkiya), "Udineze", "Parma" (Italiya), "Inter Mayami" (AQSh).
Sanches ushbu mavsumda "Inter" safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritgan va 5 marotaba sheriklariga assistentlik qilgan.
Fikrlar