Sanches - PSJning yozgi transfer davridagi asosiy nishoni

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha Londonning “Arsenal” klubi forvardi Aleksis Sanches PSJning yozgi transferlardagi asosiy nishoni hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, chililik hujumchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. U bundan avvalroq yangi mavsumda Chempionlar ligasida to‘p surish niyatida ekanligi haqida aytib o‘tgan edi. Xabaringiz bor “Arsenal” bu mavsum EChLda ishtirok etmaydi.

Biroq, shundan so‘ng Sanches “Arsenal”dan ketmasligi, jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger ham futbolchining sotilmasligi haqida xabarlar tarqala boshladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ o‘z safiga “Barselona” hujumchisi Neymarni qo‘shib olish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!