Sanches sobiq klubiga qaytishi mumkin

  • 05.08.2023 21:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Aleksis Sanches ayni damda erkin agent bo‘lib turibdi. U faoliyatini Evropada davom ettirishni istamoqda va bir qancha klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. 

Insayder Nikola Skiraning so‘zlariga ko‘ra, vinger "Inter"ga taklif qilindi. Futbolchi bir yil milanliklar safida to‘p tepishni maqsad qilgan. 

Ma’lumot uchun, Sanches 2020-2022 yillar davomida "Inter"da to‘p tepgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!