
Sanchesning dubli "Inter"ga safarda g‘alaba keltirdi (video)
Italiya A Seriyasining 25-turida “Inter” safarda “Parma” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 1:2 hisobida “neradzurrilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Inter”ning har ikkala goliga ham Aleksis Sanches (54', 62') mualliflik qildi. “Parma”ning yagona goli esa Ernani (71') hisobiga yozildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar