Sancho «Xetafе»ga o‘tish uchun maoshini keskin kamaytirishiga to‘g‘ri keladi
Muhammadqodir Ruzmatov
Jedon Sancho maoshini keskin kamaytirib, «Xetafe» bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Angliyalik yarim himoyachi Jeydon Sancho erkin agent sifatida ispaniyalik «Xetafe» bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
The Telegraph ma'lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Ispaniya klubiga o‘tish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishi kerak. «Xetafe» unga haftasiga taxminan 12 ming yevro to‘lashga tayyor.
Taqqoslash uchun, Sancho «Manchester Yunayted»da haftasiga qariyb 300 ming yevro maosh olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq matbuotda angliyalik futbolchi Rossiya klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘tgan mavsumda Sancho ijaraga asosda Birmingemning «Aston Villa» klubida to‘p surgan

Izohlar (0)