
-91 kg vaznli bokschimiz yarim final jangini o‘tkazdi
Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning bugungi kun dasturidan o‘rin olgan yarim final bahslarining -91 kg vazn toifasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov ham o‘z jangini o‘tkazdi. U Yangi Zelandiya vakili David Nikaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Tursunov chorak finalda Toufan Sharifini mag‘lub etib, yarim final bosqichiga yo‘l olish barobarida Tokio Olimpiadasiga ham litsenziyani qo‘lga kiritgandi.
Jangda garchi raqib bo‘y jihatidan anchagina ustunlikka ega bo‘lsada, Sanjar birinchi raundda faol harakat qildi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Ikiknchi raundda raqib bir qator aniq zarbalar yo‘llashga erishdi. Uchinchi raund ham zarbalar almashinuvi bilan o‘tdi. Lekin yangi zelandiyalik bokschi bo‘y jihatidan ustunligi evaziga ko‘proq aniqlik ko‘rsatdi. Yakunda, David Nika g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
Endi u hal qiluvchi bosqichda qozog‘istonlik juda tajribali Vasiliy Levit bilan chempionlik uchun bahs yuritadi.
Fikrlar