
Sanjar Rashidov "So‘g‘diyona"ni tark etdi
Sardor Rashidovning ukasi – Sanjar Rashidov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Gap shundaki, u “So‘g‘diyona” jamoasini tark etishga qaror qildi. Bu haqida futbolchining o‘zi sports.uz nashriga ma’lum qildi.
Sanjar katta futbolga “So‘g‘diyona” orqali kirib kelgan va shu paytgacha asosan jizzaxliklar sharafini himoya qilgan. 2018 yili esa yarim mavsum “Nasaf”da o‘ynab qaytgan.
Sanjarning oldida bir qator yaxshi takliflar turibdi. Ularning orasida xorijdan ham variantlar bor. Futbolchining aytishicha, tez orada qaysi klubda to‘p surishi oydinlashadi.
Fikrlar