Sanjar Shoahmedov: "Hali hammasi o‘zgarib ketishi mumkin"

  • 19 mart, 2021, 02:33
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumni Olmaliqning AGMK jamoasida boshlagan Sanjar Shoahmedov «Paxtakor»ga qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Yarim himoyachi chempionat saviyasi va o‘yinlardagi keskinlikning oshganini alohida ta’kidladi.

- Legioner sifatida xorijda faoliyat olib bordingiz. Aytingchi, qaytgach chempionat saviyasi ko‘tarilganini his qildingizmi? Yoki hammasi o‘sha-o‘shami?

- O‘sish bor. O‘zgarishlar ham katta. Har tomonlama oldinga tashlangan qadamni ko‘rib turibman. Hozir o‘yindan oldin kim g‘alaba qozonishini bilib bo‘lmayapti. Har bir turda qiziqarli o‘yinlarga guvoh bo‘lyapmiz. Masalan, yutib turgan jamoa so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarib yubormoqda. Biz ham Qarshida engilib turgan joyimizda o‘yinni durang bilan yakunladik. Raqiblar saviyasi va o‘yinlardagi keskin oshganini his qilyapman.

- Bu mavsumda O‘zbekiston superligasida g‘alaba qozonish uchun asosiy da’vogar kim deb o‘ylaysiz?

- Hozirdan hech narsa deb bo‘lmaydi. Aytdimku, hozir kim qanday darajada ekanligini bilib bo‘lmaydi. Vaqt oliy hakam. Bu chempionat starti xolos. Hali hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Biz ham chempionlikni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Nasib qilsa, bor kuchimizni ishga solib yakunda musobaqa jadvalining yuqori o‘rinini egallashga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!