
Sanjar Tursunov operatsiya qilindi
AGMK sardori Sanjar Tursunov operatsiyani boshdan o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, olmaliqliklar etakchisi jarohatini bartaraf etish maqsadida Germaniyaning Myunxen shahriga jarrohlik amaliyotini o‘tash uchun borgan hamda jarayon muvaffaqiyatli yakunlangan. Ma’lum bo‘lishicha, tajribali futbolchi mavsum startiga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
36 yoshli Tursunov o‘tgan mavsum "konchilar" tarkibida 20 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 gol hamda 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar