
Saralashdan jahon chempionatiga chiqqan ilk terma jamoa ma’lum
Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatga saralash o‘yinlari orqali yo‘l olgan birinchi jamoaga aylandi.
Nemislar 12 oktyabr kuni "JCh-2022" saralash bosqichi Evropa mintaqasi "J" guruhi 8-turida Shimoliy Makedoniyani 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mazkur g‘alabadan keyin Germaniya jahon chempionati yo‘llanmasini 2 tur avval qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning 21 noyabr–18 dekabr kunlari o‘tkaziladigan turnirda 32 terma jamoa ishtirok etadi. Mezbon jamoa hisoblanmish Qatar to‘g‘ridan-to‘g‘ri musobaqaning final bosqichida ishtirok etadi.
Fikrlar