Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Sardor Mirzaev “Lokomotiv”ga qaytdi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi

Sardor Mirzaev  "Lokomotiv" futbolchisi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Klubimiz tarixidagi eng muvaffaqiyatli yarim himoyachilardan biri Sardor Mirzaev yana biz bilan.

2014-2019 yillar davomida 6 mavsumda 166 o‘yinda qatnashib, 36 gol va 11 assist qayd etgan yarim himoyachi yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.

 Sardor Mirzaev 2020 yilda Tailandning "Muangtong Yunayted" jamoasiga ko‘chib o‘tgan va ushbu jamoa tarkibida u 91 bahsda 29 gol va 18 assist qayd etgandi. O‘tgan mavsumni esa OKMK jamoasi tarkibida o‘tkazdi.

"Lokomotiv"ga qaytish muborak, Sardor Mirzaev!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q