Sardor Rashidov "Navbahor"ga o‘tadimi?

  • 30 yanvar, 2022, 13:20
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Oxirgi paytda Sardor Rashidov va "Navbahor" atrofida gap-so‘zlar ko‘paydi. Futbolchi "lochinlar" safiga o‘tishi borasida xabarlar tarqaldi.

Ammo bu ma’lumotlar asossiz bo‘lishi mumkin. Chunki Rashidov "sherlar" safida Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynab xorijga yo‘l olishni maqsad qilgan. Buni intervyularida ham ma’lum qilgandi. Shuning uchun Rashidovning "Navbahor"ga o‘tish ehtimoli kamroq. Biroq bir jihat bor. U ham bo‘lsa moddiy tomoni.

Ya’ni namanganliklar Sardorni o‘z safiga qo‘shib olishi uchun yaxshigina maosh taklif qilishi kerak. Shunda futbolchi qarorini o‘zgartirishi mumkin. Qolaversa, Sardor Rashidov ayni payt "Paxtakor" yig‘inida va jamoaning o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Qovealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Аббосхон Ахмедов
30/01/2022 13:31
Биз Навбахор мухлислари буни утишини унчалигам хохламаймиз. Шунча пулни исроф килиб сардорга бергандан кура дублйордан чикайоткан йошларга этибор каратиб рататсаларни килиши керак Мурабий