Sardorlik bog‘ichidan ayrilgan Obameyang bir qarorga keldi

  • 15 dekabr, 2021, 16:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi sardorlik bog‘ichini Per-Emerik Obameyangdan olib qo‘yganligi haqida xabar bergan edik.

Tecno

"Football.london"ning ma’lum qilishicha, gabonlik hujumchining agenti mijoziga boshqa jamoa qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Unga Italiya, Ispaniya va Frantsiyadan takliflar borligi aytilmoqda.

Transfer yanvar oyidayoq rasmiylashtirilishi mumkin. Boisi, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta so‘nggi o‘yinlarda Obameyangni maydonga tushirmayapti.

32 yoshli forvard bu mavsum londonliklar libosida 15 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 7 gol va 2 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!