
Sarri "Chelsi"da qolishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiy Mauritsio Sarrini qo‘yib yubormoqchi emas.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” rahbariyati jamoaning o‘tgan mavsumda qayd etgan natijasidan to‘liq qoniqish xosil qilishgan. Ta’kidlash kerakki, 60 yoshli italiyalik mutaxassis boshqaruvidagi “Chelsi” ortda qolgan mavsum APLda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Evropa ligasida g‘olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sarri tez orada “Yuventus” bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning esa “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Agar u ketsa, o‘rnini Frenk Lempard ("Derbi Kaunti"), Massimiliano Allegri, Joze Mourinyu (ishsiz) va Rafael Benites ("Nyukasl") kabi mutaxassislardan biri egallashi mumkin.
Fikrlar