Sarri faoliyatini "Yuventus"da yakunlaydimi?
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchiligini inkor etmadi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 61 yoshli italiyalik mutaxassisning “Yuve” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
“Yuventus” bilan amaldagi shartnomam yakunlangach men avvalgidek bo‘lib qolamanmi buni bilmayman. Agar shunday bo‘lsa ishlashda davom etaman, agar bunday bo‘lmasa yo‘q”, - deydi Sarri.
Eslatib o‘tamiz, Sarri “Yuventus”ni 2019 yilning yozida qabul qilib olgan edi.
Fikrlar