Sarri "Milan"da ish boshlashi mumkin

  • 26.04.2019 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri mavsum yakunlangach yana A Seriyaga qaytishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 60 yoshli italiyalik mutaxassisiga "Milan" klubidan qizqishlar paydo bo‘la boshladi. U “rossonerilar” safida Jennaro Gattuzoning o‘rnini egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sarriga "Roma" va "Inter" klublari ham xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Sarri "Chelsi"ni 2018 yilning iyulidan buyon boshqarib kelmoqda. U bungacha “Napoli”ga ustozlik qilib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!