
Sarri Ronaldudan qancha gol kutayotganini aytdi
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldudan juda ko‘p gollar kutayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra italiyalik mutaxassis 34 yoshli futbolchi bilan bo‘lgan suhbatda undan joriy mavsumda kamida 40ta gol kutayotganini aytgan.
Ta’kidlash kerakki, Ronaldu hozircha A Seriyada 2ta gol urishga erishdi. U o‘tgan mavsum raqiblari darvozasiga 28 marta ishg‘ol etishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” chempionatning o‘tgan 2 ta turidan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda “Inter”dan keyin 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar