Sarri "Yuventus" bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Italiyaga keldi
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Milan shahridagi mehmonxonaga kelib joylashdi. Ta’kidlash kerakki, ushbu mehmonxonadan "Yuventus" klubi muzokaralar o‘tkazish uchun tez-tez foydalanadi.
Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli italiyalik mutaxassis bu erga aynan Turin super klubi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan. Ma’lumotlarga qaraganda Sarri “Yuventus” bilan “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi va yiliga bonuslardan tashqari 6 mln evro maosh oladi.
E’tiborlisi, “Chelsi” rahbariyati ham professional va shaxsiy sabablarga ko‘ra Sarrini qo‘yib yuborishga rozilik bildirgan.



Fikrlar