Sarri "Yuventus"ga o‘tsa, qancha maosh oladi?
Mauritsio Sarri “Chelsi”dan ketib, “Yuventus” bosh murabbiyiga aylansa, qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli italiyalik mutaxassis “keksa sinora” bilan 3 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Agar ushbu shartnoma imzolansa, u Turinda yiliga 6-7 mln evro atrofida maosh olishi mumkin.
O‘z navbatida “aristokratlar” ham Sarrining ketishiga qarshi emas, biroq bu boradagi yakuniy qarorni baribir jamoa xo‘jayini Roman Abramovich qabul qiladi. Italiya chempioni esa “Chelsi” so‘rayotgan 5 mln evro tovon pulini ham to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjino agar Sarri “Yuventus”ga o‘tsa, “Napoli” muxlislarining nafratiga uchrashi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar