Satpaev boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan bahsda "Börnli" musobaqadan chiqib ketdi

  • 27.08.2026 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya liga kubogi ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan «Bredford Siti» — «Börnli» uchrashuvida Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. 

«Velli Péreyd» stadionida o‘tgan bellashuvning asosiy vaqti gollarsiz yakunlandi — 0:0. Qo‘shimcha daqiqalarsiz darhol penaltilar seriyasiga o‘tildi va unda «Bredford Siti» 4:2 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa, «Bredford Siti» musobaqaning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu o‘yin oldidan Chempionshipda ishtirok etayotgan «Börnli» aniq favorit sifatida ko‘rilgan edi, «Bredford Siti» esa Angliyaning kuch jihatidan uchinchi divizionida to‘p surmoqda.

18 yoshli Dastan Satpaev «Börnli»tarkibida 80 daqiqa maydonda bo‘ldi. Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Niki Xayen uning o‘rniga Daniya futbolchisi Yakob Bruun Larsenni maydonga tushirdi. 

Bundan oldin Qozog‘iston terma jamoasi forvardi Chempionship doirasidagi «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinda (1:3) «Börnli» safida debut qilgan, o‘sha bahsda u 57-daqiqada zahiradan maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!