Saudiya Arabistonida FIFAning 2023 yilgi futbol sammiti bo‘lib o‘tdi!

  • 22 dekabr, 2023, 17:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFAning 2023 yilgi sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Saudiya Arabistoni mamlakatining Jidda shahrida FIFAning 2023 yilgi futbol sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo mamlakatlar qatorida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda FIFA prezidenti Janni Infantino va a’zo mamlakatlar vakillari tomonidan kelgusi yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar va dasturlar, akademiyalar va iste’dodlarni rivojlantirish sxemasi, hakamlik loyihalari, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati, FIFAning turli diskriminatsiyalarga qarshi dasturi hamda musobaqalar borasidagi yangiliklar masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Infantino sammitda 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan strategik maqsadlarini aytib o‘tdi va FIFA dunyoni futbol orqali birlashtirish vazifasini yana bir bor e’tirof etdi.

FIFA 211 ta assotsiatsiya, 211 davlatdan iborat ittifoq bo‘lib, ushbu mamlakatlarning har biri aynan bir xil majburiyatlarga ega va bu o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlikdir. Agar bunday hurmatga erishsak, FIFA o‘z yo‘lida davom etadi, gullab-yashnaydi, kengayadi va dunyoni futbol orqali yaxshi tomonga o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin”, - dedi Janni Infantino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!