Saudiya Arabistonida o‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi

CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida o‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi. Musobaqada 20 dan ortiq davlatdan polvonlar mutlaq vaznda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun gilamga tushdi.

Tecno

O‘zbekiston kurash federatsiyasining xabar berishicha, ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini jahon va Osiyo chempioni, Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlari g‘olibi Muhsin Hisomiddinov himoya qilgan. 

Xalqaro musobaqa Podshoh Abdulaziz nomidagi “Tuyalar festivali” dasturiga birinchi marta kiritilgan “Ko‘chmanchilar olami” xalqaro etnofestivali doirasida o‘tkazildi.

Festival mamlakat poytaxti Ar-Riyod shahridan 120 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan Al-Sayohid qishlog‘ida tashkil etilgan. Bu qishloq yuz yillar davomida Arabiston yarim orolining turli nuqtalaridan yo‘lga chiqqan tuya karvonlari uchrashadigan tarixiy hudud hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Tuyalar festivali” bir oy davom etadi. Bu erga har kuni 25-30 ming tomoshabin kelmoqda. “Ko‘chmanchilar olami” xalqaro festivali esa 9-19 mart kunlari o‘tkazilmoqda. Etnofestival turli xalqlar va millatlarning betakror an’analari namoyish etiladigan yirik anjuman, deb baholanmoqda. Bu erda kurash va yakkakurash turlari, an’anaviy intellektual o‘yinlar bo‘yicha musobaqalar, kamondan o‘q uzish, qushlar bilan ov qilish, uloq va boshqa turdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!