Saudiya chempionati yulduzi Istanbul klubiga transferi barbod bo‘ldi

  • 03.02.2026 17:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2018 yildagi jahon chempioni N'Golo Kante Turkiyaning "Fenerbahche" klubiga o‘ta olmadi. 

Istanbul klubi marokashlik hujumchi Yusuf An-Nesiri evaziga Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisini Arabistonning "Al-Ittihod" klubidan olishga harakat qildi, ammo hujjatlar juda kech rasmiylashtirildi. Klublar FIFAning Transfer Matching System onlayn platformasida 2 fevral kuni kechqurun qishki transfer oynasi yopilishidan oldin barcha kerakli shakllarni to‘ldirishdi, ammo Xalqaro futbol federatsiyasi bu o‘tishlarni ro‘yxatdan o‘tkazmadi. 

"Fenerbahche" ham, "Al-Ittihod" ham o‘z apellyatsiyalarini yuborgan, biroq FIFA har ikki klubga rad javobini bergan, bu haqida jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!