
Saudiya klubi “Real” yulduziga 100 million evro taklif qildi
Saudiya Arabistonining nomi sir tutilayotgan klubi “Real” futbolchisi Eder Militaoni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Shayxlar 26 yoshli himoyachi uchun “Qirollik klubi”ga 100 million evro taklif qildi, deb ma’lumot tarqatdi Goal nashri.
Yana bir manba – UOL nashrining yozishicha, madridliklar taklifning kattaligiga qaramay, uni rad etishga qaror qildi. Eder Militao o‘tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, mutasaddilari braziliyalik futbolchini himoya chizig‘idagi eng asosiy figuralardan biri sifatida biladi.
Militao “Real”ga 2019 yili kelgan. Shundan beri barcha turnirlarda 156 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, 11 ta gol va beshta assist qayd etishni ham uddalagan.
Fikrlar