Saudiya Pro ligasi. Ronaldu ikkita gol urgan bahsda "An-Nasr" "Al-Hilol"dan ustun keldi
Saudiya Pro ligasining 26-turidan o‘rin olgan markaziy "Al-Hilol" - "An-Nasr" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda mezbonlar 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi bo‘lim yakunidagi (45+4) Ali Al-Xassanning goli tanaffusga jamoasini ustunlikda olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim startida Krishtianu Ronaldu oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. 62-daqiqadagi Al-Bulayxining goli esa hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi.
Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Dyuran penalti ishlab oldi. Ushbu vaziyatdan esa Ronaldu unumli foydalandi va ikkinchi bor ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
- Saudiya Arabistoni - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Al Hilol
- Ali Al-Bulayhi 62'
Tugadi
1
:
3
04.04.2025 23:00
An Nasr
- Ali Al-Hassan 45'
- Cristiano Ronaldo 47'
- Cristiano Ronaldo 88'
Fikrlar