
Saudiyaliklar bilan transfer “o‘yini”ni Vinisiusning agentlari boshlagani oshkor bo‘ldi
Saudiya Arabistoni klublarining Vinisius Juniorni olishga harakat qilayotgan “Real”ni bezovta qilayotgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Garchi klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, saudiyaliklar taklif qilayotgan maosh 24 yoshli futbolchining boshini “aylantirib” qo‘yapti.
Marca nashrining aniqlashicha, bu ishda Vinisius Juniorning agentlari – Fred Penya va Tiago Freytasning qo‘li borligi oshkor bo‘ldi. Bu ikki mutaxassis 2023 yili Saudiya Arabistoni Professional ligasining o‘sha davrdagi bosh direktori Saad Al-Lazizga murojaat qilgan.
O‘zaro uchrashuv chog‘ida agentlar Vinisiusning Saudiya Arabistoni chempionatiga transferi bo‘yicha muzokaraga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
Ana o‘shandan beri shayxlar ayni paytda jahon futbolining eng yorqin hujumchilaridan biri bo‘lib turgan o‘yinchini o‘z chempionatlariga olib ketish payida yuribdi.
Fikrlar